locale OZ

Lionel Messi O‘zbekistonda futbol klubi ochadimi?

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: championat.com

FonTeam podcastida sport sharhlovchisi O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishi Markaziy Osiyoda futbol taraqqiyoti uchun muhim turtki bo‘lishini ta’kidladi:

«O‘zbekiston jahon chempionatiga yo‘l olib, Markaziy Osiyoda futbol rivojlanayotganini amalda isbotladi. Bu voqea butun mintaqa uchun islohotlarga sabab bo‘ladi. Bu haqida hozir ham, 2026-yilgi JChdan keyin ham gapiriladi. Bu — tarixiy voqea, faqat sport emas, siyosiy nuqtai nazardan ham ahamiyatli. Endi O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarda — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda yangi futbol akademiyalari tashkil etilishi kutilmoqda. Hattoki Red Bull kompaniyasi bu yerda o‘z jamoasini tashkil etishi mumkinligi haqida mish-mishlar bor».

Maulen, shuningdek, Lionel Messining rejalari haqida insayder ma’lumoti bilan o‘rtoqlashdi:

«Messining futbol klublari tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyasi bor. Yaqin yillarda to‘rtta jamoa tashkil etish rejalashtirilgan — Lotin Amerikasi, Yevropada va bittasi Markaziy Osiyoda. Ushbu jamoa O‘zbekistonda ham, Qozog‘istonda ham tashkil etilishi mumkin.
Shu bilan birga, Gianni Infantino ham Markaziy Osiyoni FIFA uchun strategik mintaqa deb hisoblaydi. U yerda FIFAning filiali tashkil etilishi ko‘zda tutilgan, va bu Qozog‘iston yoki O‘zbekistonda joylashishi ehtimoldan xoli emas», — dedi Qozog‘iston terma jamoasi matbuot kotibi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting