locale OZ

Lionel Messi o'yindagi o'zgarishlar haqida gapirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lionel Messi o'yindagi o'zgarishlar haqida gapirdi
Lionel Messi o'yindagi o'zgarishlar haqida gapirdi

Argentina terma jamoasi va «Inter Miami» hujumchisi Lionel Messi o'z o'yini va undagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.

Inter Miami News Hub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, argentinalik futbolchi shunday degan:
«Men kim bilan hujumda o'ynashimdan qat'i nazar - Luis Suarez bo'ladimi, yoki terma jamoada yosh yigitlar, masalan Xulian Alvares va Lautaro Martines - men doimo moslashishga harakat qilaman. Yoshlikdagi jismoniy imkoniyatlarim endi yo'q, lekin jamoaga yordam berish uchun bor kuchimni beraman. Ayrim jihatdan bu hatto yaxshi - men yangi fazilatlar kasb etdim».

Argentina terma jamoasi a'zosi va «Inter Miami» futbolchisi Messiga joriy yilda 38 yosh to'ladi. U joriy mavsumda «Inter Miami» tarkibida 10 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting