locale OZ

Lionel Messi mundialdagi gollar soni bo‘yicha Jazoir terma jamoasini ortda qoldirdi

Argentinalik yulduz birinchi turda xet-trik qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lionel Messi mundialdagi gollar soni bo‘yicha Jazoir terma jamoasini ortda qoldirdi
FOTO: Getty Images

JCh-2026 guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Argentina terma jamoasi Jazoir ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Mazkur bahsda hujumchi Lionel Messi xet-trik muallifiga aylandi va o‘zining ushbu ko‘rsatkichi evaziga Jahon chempionatlari tarixida urilgan gollar soni bo‘yicha Jazoir terma jamoasidan o‘zib ketdi. Ayni paytda Messining hisobida 16 ta gol mavjud bo‘lsa, Jazoir terma jamoasi o‘z tarixida JChlarda jami 13 ta gol kiritgan.

16-iyundan 17-iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv Argentina jamoasi uchun turnirdagi dastlabki o‘yin bo‘ldi. Amaldagi jahon chempionlari navbatdagi uchrashuvni 22-iyun kuni Avstriya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati bahslari joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi — jamoa 2022-yilgi jahon birinchiligi finalida Fransiya termasini mag‘lub etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting