Lionel Messi MLSdagi tanaffus vaqtida Saudiya Arabistonida oʻynash istagini bildirdi, biroq taklif rad etildi
Bu JCh-2026 oldidan tayyorgarlik maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.
FOTO: Getty Images
Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLSdagi tanaffus vaqtida Saudiya Arabistoni klublaridan birida oʻynab, oʻzini yaxshi sport formasida ushlab turishni xohladi.
Bu, xususan, 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan tayyorgarlik maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, RMC Sport nashrining xabariga koʻra, Saudiya sport rahbariyati bu gʻoyani rad etgan — ular mamlakat chempionatini «mashg‘ulot lageri»ga aylantirishni istamagan.
Manbaga koʻra, Messining atrofidagilar yozda oʻtgan Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati vaqtida futbolchining Saudiya Arabistoniga vaqtincha oʻtishi boʻyicha muzokaralar olib borgan.
Eslatib oʻtamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada boʻlib oʻtadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist