Lionel Messi milliarderlаr ro‘yxatigа kiritildi — Bloomberg
Messi Bloomberg Billionaires Index reytingida milliarderlаr futbolchilar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan.
ФОТО: Getty images
Bloomberg nashri argentinalik futbolchi Lionel Messini milliarderlаr ro‘yxatiga kiritdi.
Shu tariqa, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi rasman milliard dollardan ortiq boylikka ega sportchilar safidan joy oldi.
38 yoshli futbolchi ish haqi, bonuslar va tijoriy shartnomalar hisobidan qariyb 700 million dollar daromad olgan. Natijada uning umumiy boyligi 1 milliard dollardan oshgan.
Shu bilan Messi Bloomberg Billionaires Index reytingida milliarderlаr futbolchilar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. Avvalroq Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist