locale OZ

Lionel Messi Madriddagi yong‘indan zarar ko‘rgan hududga 80 ming yevro xayriya qildi

Argentinalik yulduz avval ham o‘z jamg‘armasi orqali turli xayriya va ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlab kelgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lionel Messi Madriddagi yong‘indan zarar ko‘rgan hududga 80 ming yevro xayriya qildi
Foto: Getty Images

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Ispaniyaning Madrid avtonom hududidagi yong‘inlardan jiddiy zarar ko‘rgan Sierra-Oeste mintaqasini tiklash uchun 80 ming yevro xayriya qildi.

Madrid avtonom hududi prezidenti Isabel Dias Ayuso argentinalik futbolchiga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. U Madrid aholisi Messini yaqin vaqt ichida shaxsan kutib olish va munosib olqishlashga umid qilayotganini ta’kidladi.

Mazkur hududda sodir bo‘lgan yong‘inlar natijasida o‘n minglab gektar yer zarar ko‘rgan. Messining xayriyasi esa yong‘indan keyingi tiklash ishlari, infratuzilma va tabiiy hududlarni qayta tiklashga yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Lionel Messi avval ham o‘z jamg‘armasi orqali turli xayriya va ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlab kelgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting