Lionel Messi kelajagi borasida bir qarorga keldi
U Florida klubi safida qoladi.
ФОТО: Getty images
Argentinalik futbol afsonasi Lionel Messi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 38 yoshli futbolchi “Inter Mayami” bilan uzoq muddatli shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Tomonlar kelishuvning so'nggi tafsilotlarini muhokama qilmoqda va yaqin orada shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Messi 2023-yilning yozidan beri “Inter Mayami” sharafini himoya qilib kelmoqda, uning klub bilan shartnomasi 2025-yil oxirigacha amal qiladi.
Leo Messi joriy mavsum MLS doirasidagi 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 20 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist