Lionel Messi jahon chempionatida yana bir yangi rekord o‘rnatdi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatlarida navbatdagi rekord muallifiga aylandi. Shunday qilib, u JChda turli raqiblar darvozasiga urilgan gollar soni bo‘yicha rekordchidir.
Messi oltita to‘liq bo‘lmagan jahon chempionatida 11 ta milliy jamoa darvozasiga gol urdi. Shu tariqa, u Krishtianu Ronaldu, Yurgen Klinsmann va Miroslav Kloze kabi yulduzlarni ortda qoldirdi, chunki ular hisobida 10 ta turli terma jamoa darvozasiga urilgan gollar bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Messi jahon chempionatlaridagi gollar soni bo‘yicha Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Klozega ham yetib oldi — futbolchining hisobida endi 16 ta gol bor, bu jahon birinchiliklari doirasida urilgan gollar bo‘yicha tarixiy rekord takrorlanishidir.