Lionel Messi \"Inter Miami\"ning keyingi o‘yinini o‘tkazib yuboradi
Photo: Getty Images
Lionel Messi "Inter Miami"ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
7 avgustga o‘tar kechasi MLS klubi Ligalar kubogi guruh bosqichining so‘nggi turida "Pumas"ga qarshi bahs olib boradi.
Argentinalik futbolchi turnirning avvalgi o‘yinida "Necaxa"ga qarshi o‘yinda (2:2, penaltilar bo‘yicha 5:4) oyog‘ining orqa qismidan jarohat olgandi.
"Klub juda aniq bayonot berdi. Biz qaytishni bashorat qilishni yoqtirmaymiz, ayniqsa Leo bilan bog‘liq vaziyatda.
Shunday ekan, ko‘ramiz, ammo u ertaga maydonga tusha olmasligi aniq. Keyin esa u o‘zini qanday his qilishini va qanday rivojlanishini ko‘ramiz," - dedi bosh murabbiy Xaver Maskerano.
Bahrom Bobonov
Redaktor