Lionel Messi hozircha Argentina terma jamoasi bilan xayrlashmoqchi emas – jurnalist
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi hozircha xalqaro faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti. Bu haqda jurnalist Fran Kasaretto xabar berdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik yulduzga yaqin insonlardan olingan ma'lumotlarga asoslanib, 39 yoshli futbolchi Argentina milliy terma jamoasi safida o'ynashda davom etish niyatida.
"Lionel Messiga yaqin manbalar ma'lum qilishicha, u hozircha xalqaro faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti. Kutilmoqda, Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini 2028-yilgi Amerika Kubogidan so'ng yakunlaydi", — deb yozdi Kasaretto o'zining X sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi Messi boshchiligida 2026-yilgi jahon chempionatida finalgacha yetib borgan edi. Hal qiluvchi uchrashuvda argentinaliklar Ispaniyaga mag'lub bo'lib, musobaqani kumush medallar bilan yakunlashgan.