locale OZ

Lionel Messi Hindistondagi tashrif chog‘ida bir uchrashuvdan 107 ming dollargacha daromad oladi

Argentinalik yulduz safar davomida uchta shaharga tashrif buyuradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lionel Messi Hindistondagi tashrif chog‘ida bir uchrashuvdan 107 ming dollargacha daromad oladi
FOTO: Getty Images

Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2025 yil 13–15 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Hindiston safari davomida har bir uchrashuvdan 107 ming dollargacha ishlab oladi. Bu haqda NDTV Profit nashri xabar berdi.

Jahon futboli yulduzi safar davomida uchta yirik shahar — Kalkutta, Mumbay va Dehliga tashrif buyuradi. Messi bilan uchrashishni istovchilar uchun turli toifalardagi maxsus turpaketlar taqdim etilgan. Paket narxlari ishtirokchilar soniga qarab belgilanadi:

yakka muxlis uchun — 11 ming dollar,

to‘rt kishilik oila uchun — 28 ming dollar,

o‘n kishidan iborat guruh uchun — 107 ming dollar.

Paket tarkibiga Messi bilan uchrashuv, birgalikda suratga tushish, argentinalik forvardning imzosi qo‘yilgan Argentina milliy jamoasi futbolkasi, shuningdek kechki ovqat hamda Messining ko‘rgazmali penalti seriyasini tomosha qilish imkoniyati kiradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting