locale OZ

Lionel Messi bo‘lajak Jahon chempionati favoritlarini sanab o‘tdi

Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lionel Messi bo‘lajak Jahon chempionati favoritlarini sanab o‘tdi
FOTO: Getty Images

Argentina terma jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messi bo‘lajak jahon chempionati favoritlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz shuni tushunishimiz kerakki, bizdan tashqari musobaqaga eng yaxshi sport formasida yetib keladigan boshqa favoritlar ham bor.

Fransiya yana juda kuchli, ularning tarkibida yuqori saviyadagi futbolchilar ko‘p. Shuningdek, Ispaniya va Braziliya ham bor. Braziliya oxirgi paytlarda o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatmayotgan bo‘lsa-da, u doim g‘oliblikka asosiy da’vogar hisoblanadi. O‘ylashimcha, Portugaliya ham juda raqobatbardosh jamoaga ega», — dedi Messi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting