locale OZ

Lionel Messi 6-bor jahon chempionatiga boradi

Messi bungacha JCH–2006, 2010, 2014, 2018 va 2022 musobaqalarida ishtirok etgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lionel Messi 6-bor jahon chempionatiga boradi
ФОТО: Getty images

Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi o‘zining oltinchi jahon chempionatida ishtirok etadi. Avvalroq, 38 yoshli hujumchining Argentina terma jamoasining JCH–2026 uchun qaydnomasiga kiritilgani xabar qilingandi.

Messi bungacha JCH–2006, 2010, 2014, 2018 va 2022 musobaqalarida ishtirok etgan. O‘tgan mundialda Messi Argentina terma jamoasi bilan hal qiluvchi bahsda Fransiya terma jamoasini mag‘lub etib, turnir chempioniga aylangan.

Jahon chempionati – 2026 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi Jazoir, Avstriya va Iordaniya bilan bir guruhdan joy olgan. Argentina terma jamoasi turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting