locale OZ

Lionel Messi 35 yoshdan keyin Jahon chempionatlarida gol urish boʻyicha mutloq rekord oʻrnatdi

Argentinalik yulduz hozirda mundial toʻpurari boʻlib turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lionel Messi 35 yoshdan keyin Jahon chempionatlarida gol urish boʻyicha mutloq rekord oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Avstriyaga qarshi uchrashuvda (2:0) dubl qayd etib, navbatdagi rekordni rasmiylashtirdi. Opta nashrining xabar berishicha, 38 yoshli hujumchi 35 yoshga toʻlganidan keyin Jahon chempionatlarida urgan gollari sonini 12 taga yetkazib oldi.

Jahon birinchiliklarida 35 va undan katta yoshda gol urgan futbolchilar orasida uning eng yaqin taʼqibchilari ancha ortda qolib ketishgan: kamerunlik Roje Milla hisobida beshta, fransiyalik Olivye Jiru aktivida esa toʻrtta gol mavjud.

Argentina va Avstriya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv 22-iyun kuni Dallasda, JCh-2026 guruh bosqichining 2-turi doirasida boʻlib oʻtdi. Argentinaliklar olti ochko jamgʻargan holda «J» guruhidan muddatidan oldin 1/16 final bosqichiga birinchi oʻrin bilan yoʻllanma olishdi. Argentina navbatdagi uchrashuvini 28-iyun kuni Iordaniya terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting