«Lion» «PSJ»ning sobiq himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Lionning «Olimpik» klubi «RB Leypsig» himoyachisi El-Shaday Bitshiabuga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Lion» «Pari Sen-Jermen» tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. O‘tgan qishda futbolchi «buqalar» rahbariyatidan uni boshqa klubga qo‘yib yuborishni so‘ragan edi, biroq bu so‘rov rad etilgan. Yozda futbolchida jamoani tark etish imkoniyati paydo bo‘ladi, chunki unga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda.
Bitshiabu 2023 yildan buyon, «PSJ»dan o‘tganidan beri «RB Leypsig» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi joriy mavsumda 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Himoyachining transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.