locale OZ

\"Lion\" mavsum oxirigacha \"Real\" hujumchisi Endrikni ijaraga oldi

The Athletic jurnalisti Mario Kortegananing ma’lum qilishicha, fransuz klubi braziliyalik futbolchining ijarasi uchun bir million yevro to‘laydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Lion" mavsum oxirigacha "Real" hujumchisi Endrikni ijaraga oldi
photo: gettyimages

"Lion" mavsum oxirigacha "Real" hujumchisi Endrikni ijaraga oldi.

The Athletic jurnalisti Mario Kortegananing ma’lum qilishicha, fransuz klubi braziliyalik futbolchining ijarasi uchun bir million yevro to‘laydi. Biroq, hujumchi asosiy tarkibda maydonga tushgan har beshta o‘yin uchun "Lion" 200 ming yevro kamroq to‘laydi. Shu tariqa, Endrik "Lion" safida 25 o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushsa, fransuzlar braziliyalik futbolchining ijarasi uchun "Real"ga hech narsa to‘lamaydi.

Endrik "Real"ga 2024 yilning yozida "Palmeyras"dan 47 million yevro evaziga o‘tgandi. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda braziliyalik hujumchi Madrid klubi safida atigi uchta o‘yinda maydonga tushdi va ularda gol ura olmadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting