locale OZ

«Lion» klubi va Fransiya yoshlar terma jamoasi sobiq futbolchisi Brayan Berganyu 43 yoshida vafot etdi

Unga 2023 yilda quloqoldi bezi saratoni tashxisi qoʻyilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Lion» klubi va Fransiya yoshlar terma jamoasi sobiq futbolchisi Brayan Berganyu 43 yoshida vafot etdi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning «Lion» klubi oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali sobiq futbolchisi Brayan Berganyuning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi.

«Lion» futbol klubi chuqur qaygʻu bilan klub afsonasi Brayan Berganyuning vafot etganini maʼlum qiladi. Klub ushbu mudhish xabardan larzaga keldi va uning oilasi, yaqinlari hamda uni tanigan va sevgan barcha insonga oʻzining samimiy taʼziyasini izhor etadi. Tez orada xotira posti eʼlon qilinadi», — deyiladi «Olimpik» xabarida.

Berganyu «Lion» tarkibida uch karra Fransiya chempioni va ikki karra mamlakat Superkubogi sohibiga aylangan edi. Yarim himoyachi faoliyati davomida «Tuluza», «Lechche» va boshqa bir qator jamoalar sharafini ham himoya qilgan. Maʼlumot uchun, 2023 yilning dekabr oyida Berganyuga quloqoldi bezi saratoni tashxisi qoʻyilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting