locale OZ

«Lion» «Juventus» hujumchisi Loa Opendani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Shuningdek, belgiyalik forvardga Liga 1 va APL klublari ham daʼvogarlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Lion» «Juventus» hujumchisi Loa Opendani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning «Lion» klubi Italiyaning «Juventus» jamoasi hujumchisi Loa Opendani sotib olish orqali o‘z hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Janluka Di Marsio o‘zining shaxsiy saytida xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, belgiyalik forvardga «Lion»dan tashqari Frankfurtdagi «Ayntraxt», «Monako» hamda Angliyaning «Nottingem Forest» klublari ham da’vogarlik qilmoqda. Ayni damda «Lion» rahbariyati ushbu transferni amalga oshirish uchun rasmiy va aniq qadamlarni tashlash-tashlamasligi hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.

Ortda qolgan mavsumda Loa Openda barcha turnirlar doirasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor bahosi 25 million yevroni tashkil etadi. Eslatib o‘tamiz, belgiyalik hujumchi muqaddam «RB Leypsig», «Lans», «Vitess» va «Bryugge» klublari sharafini ham himoya qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting