locale OZ

«Lion» Greyfning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Lion» Greyfning transferini e'lon qildi
Фото: Getty Images

Fransiyaning “Lion” klubi La Ligadan darvozabon xarid qildi.

“Mallorka” kiperi Dominik Greyf “sherlar” bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv muddati 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. U 2021 yildan beri La Liga klubida harakat qilib kelayotgandi.

Slovakiyalik 28 yoshli futbolchining transfer qiymati 4 million yevroni tashkil etdi. Bundan tashqari, 1,25 million yevro miqdorida bonuslar ham mavjud.

Greyf o'tgan mavsum La Ligada 31 o'yinda maydonga tushib, 34 ta gol o'tkazib yuborgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting