locale OZ

«Lion» Endrikni «Real»dan toʻliq sotib olmoqchi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Lion» Endrikni «Real»dan toʻliq sotib olmoqchi
FOTO: Getty Images

«Lion» klubi qishda Madridning «Real»idan ijara asosida kelib qo‘shilgan braziliyalik hujumchi Endrikni jamoada saqlab qolmoqchi. ESPN xabariga ko‘ra, fransuz klubi futbolchining ijara muddatini uzaytirish ustida ish olib bormoqda. Bosh murabbiy Paulu Fonseka rahbariyatni Endrikning jamoada uzoqroq qolishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqirmoqda.

Hozirga qadar Endrik «Lion» safida uchta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. So‘nggi o‘yinda u xet-trik qayd etib, jamoasining 5:2 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Klublar o‘rtasidagi ijara kelishuvi 2026 yil iyuniga qadar amal qiladi, bunda «Lion» futbolchining maoshining 50 foizini to‘lab bermoqda.

Qayd etilishicha, «Lion» Endrikni to‘liq sotib olish huquqiga ega emas. Bu esa ijara muddati yakunlangach, futbolchi «Real»ga qaytishini anglatadi. Tomonlar ijara shartnomasini uzaytirish masalasini muhokama qilishda davom etmoqda, biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting