locale OZ

«Lion» Disasini bo‘yicha taklif tayyorlamoqda

Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Lion» Disasini ijaraga olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Chelsi" markaziy himoyachisi Aksel Disasi Fransiyaning "Lion" klubi radariga tushdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli fransiyalik futbolchiga "Lion" qiziqish bildirmoqda.

Maʼlumot uchun, "ko‘klar"ning asosiy tarkibidan chetlatilgan Disasining o‘zi ham yaqin transferlar davrida Londondan ketishga tayyor.

Disasi 2023 yilda "Chelsi" futbolchisiga aylangan. U o‘tgan vaqt davomida 61 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda himoyachi "Chelsi"ning asosiy tarkibida biror marta maydonga tushmadi. Disasining klub bilan shartnomasi faqat 2029 yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting