LinkedIn’dan topilgan baxt: Kabo-Verde himoyachisi terma jamoaga qanday borib qolganini so‘zlab berdi
Kabo-Verde terma jamoasi himoyachisi Roberto Lopes o‘z milliy jamoasiga qanday qilib noodatiy tarzda — LinkedIn ish qidirish ijtimoiy tarmog‘i orqali kelib qolgani haqida gapirib berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
E’tiborli jihati shundaki, Irlandiyada tug‘ilgan futbolchi (uning otasi kabo-verdelik hisoblanadi) dastlab portugal tilida kelgan xabarni e’tiborsiz qoldirgan va uni shunchaki spam deb o‘ylagan.
“Oradan to‘qqiz oy o‘tib, ular menga yana yozishdi — bu safar ingliz tilida va Kabo-Verde safida o‘ynash taklifi haqida oʻylab ko‘rgan-ko‘rmaganimni so‘rashdi. Shundan keyingina men eng birinchi galda qilishim kerak bo‘lgan ishni qildim: o‘sha birinchi xabarni Google Translate orqali tarjima qildim. Ijtimoiy tarmoq orqali aloqaga chiqish biroz g‘alati yondashuv edi, albatta. Keyinchalik menga tushuntirishlaricha, ular mening klubim bilan bog‘lanishda qiyinchilikka duch kelishgan ekan. Qarshimda shunday ajoyib imkoniyat borligini anglagan ilk daqiqamdanoq bu g‘oyani qo‘llab-quvvatladim. Shundan so‘ng kerakli barcha hujjatlarni rasmiylashtirishga kirishdik”, dedi Lopes.
Ma’lumot uchun, Kabo-Verde terma jamoasi JCh-2026 turnirining 1/16 finalida Argentina termasiga qo‘shimcha taymlarda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.