locale OZ

Lingard La Liga klubiga o'tishi mumkin

Angliyalik 1 yanvardan erkin agentga aylanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lingard La Liga klubiga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

Yarim himoyachi Jesse Lingard Janubiy Koreyani tark etib, Yevropaga qaytishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Fichajes nashrining xabar berishicha, "Manchester United" tarbiyalanuvchisiga "Sevilya", "Sel'ta" va "Real Oviedo" klublari da'vogar bo'lmoqda.

Angliyalik futbolchi 1 yanvardan boshlab erkin agentga aylanadi, shu sababli uni transfer to'lovisiz qo'lga kiritish mumkin.

Ma'lumot uchun, Jesse Lingard "Seul" safida 2024 yilning fevralidan beri to'p surib kelayotgandi.

Futbolchi Janubiy Koreya jamoasi tarkibida 67 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va o'nta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Jessening bozor qiymati 2,2 mln yevroni tashkil qilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting