locale OZ

Lineker JCH-2026 favoritlarini sanadi

Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo'lib o'tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lineker JCH-2026 favoritlarini sanadi
ФОТО: Getty images

"Barselona" va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Garri Lineker 2026 yilgi jahon chempionatining asosiy favoritlarini sanab o‘tdi.

"Ispaniya – asosiy favoritlardan biri. Ularda ajoyib jamoaviy shakllanish bor. Angliyada ham yetarli imkoniyatlar mavjud. Lekin jahon chempionatidagi imkoniyatlarini yuqori deb baholamayman. Shuningdek, Fransiya va Argentina ham mundial g‘olibligi uchun kurasha oladi. Axir, argentinaliklarda yuqori darajada o‘ynay oladigan Messi bor", – deya Linekerning so‘zlaridan keltiradi Marca nashri.

Ma'lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionatida ilk bor 48 terma jamoa ishtirok etadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Mundial guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 5 dekabr kuni Vashingtonda o‘tkaziladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting