locale OZ

Lineker: \"Bu men ko‘rgan eng kuchsiz Germaniya terma jamoalaridan biri\"

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Germaniya terma jamoasini keskin tanqid qildi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Lineker: "Bu men ko‘rgan eng kuchsiz Germaniya terma jamoalaridan biri"
Foto: Getty Images

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker JCh-2026 pley-off bosqichi oldidan Germaniya terma jamoasi haqida keskin fikr bildirdi.

Linekerning fikricha, hozirgi Germaniya avvalgi yillardagi kuchli va qo‘rqinchli jamoalardan ancha farq qiladi. U nemislar tarkibini o‘zi ko‘rgan eng kuchsiz Germaniya terma jamoalaridan biri sifatida baholadi.

Sobiq futbolchi Germaniya terma jamoasining so‘nggi yillardagi mundiallardagi omadsiz natijalarini ham eslatib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, nemislar avvalgi ikki Jahon chempionatida guruh bosqichidan ham chiqa olmagan va hozirgi jamoa ko‘proq o‘z tarixiy obro‘siga tayanayotgandek ko‘rinmoqda.

Lineker Germaniyaning pley-offdagi imkoniyatlariga ham ehtiyotkorona baho berdi. Uning fikricha, agar vaziyat shu tarzda davom etsa, Fransiya kabi kuchli raqiblar Germaniyaga qarshi katta qiyinchilikka duch kelmasligi mumkin.

“Menimcha, adashayotgan bo‘lishim ham mumkin, ammo bu men ko‘rgan eng kuchsiz Germaniya terma jamoalaridan biri. Germaniya ko‘proq o‘z o‘tmishi bilan yashamoqda”, — deya fikr bildirgan Lineker.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi JCh-2026 1/16 finalida Paragvayga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs nemislar uchun jiddiy sinov bo‘lishi kutilmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting