Lindelöf «Aston Villa»ga o'tmoqda – Romano
Фото: Getty Images
"Manchester United" sobiq himoyachisi Viktor Lindelöf "Aston Villa" bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder va jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 31 yoshli shved himoyachiga "Fiorentina" hamda "Everton" ham taklif bilan chiqqandi. Biroq Birmingem klubining taklifi futbolchiga ko'proq ma'qul kelgan va 1+1 ko'rinishidagi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilgan. Yaqin kunlarda himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Yaqinda u “MYu”ni erkin agent sifatida tark etgandi. U 2017 yil yozida “qizil iblislar” a'zosiga aylangandi. Mankunianliklar tarkibidagi 8 mavsum davomida u 284 o'yinda qatnashib, 4 gol va 7 assist qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist