«Lill» turkiyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images
Fransiyaning “Lill” klubi “Istanbul Eyupspor” darvozaboni Berke O'zerning o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy tarzda e'lon qildi.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolangan. Transfer narxi esa 4,5 million yevroni tashkil etgan.
Shu tariqa, O'zer bir necha kun oldin “PSJ”ga yo'l olgan Lyuka Shevalening o'rnini egallaydi.
Ma'lumot uchun, O'zer bunga qadar “Fenerbahche”, “Portimonense” va “Umraniyespor” klublari safida ham to'p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist