locale OZ

«Lill» «PSJ» qiziqayotgan 18 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Tomonlar oʻrtasida 2029 yilga qadar moʻljallangan yangi kelishuv imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Lill» «PSJ» qiziqayotgan 18 yoshli futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning «Lill» klubi 18 yoshli futbolchi Ayub Buaddining shartnomasini uzaytirdi. Klubning rasmiy saytida e’lon qilinishicha, yangi kelishuv 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Avvalgi shartnoma 2027 yilga qadar amal qilgan edi.

Joriy mavsumda 2007 yilda tug‘ilgan yarimhimoyachi Liga 1 va UEFA Yevropa Ligasi doirasida jamoasi safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma qayd etdi.

Shuningdek, u Fransiya yoshlar terma jamoasi safida jami 72 ta o‘yinda maydonga tushgan va kattalar «Lill» klubi safida 4 ta golli uzatma qayd etgan.

Oldinroq Ayub Buaddiga Fransiya chempioni «PSJ» qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, yarimhimoyachi Londonning «Chelsi» klubi bilan bog‘lanayotgani ham mish-mishlar orasida tilga olingan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting