Ligue 1. PSG «Lill» darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi
Luis Enrique jamoasi peshqadamga aylandi.
ФОТО: Getty images
Fransiya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Lill"ga qarshi bahsda PSG 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Usmon Dembele hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida u dubl qayd etib, parijliklarning ikkinchi golini urdi. Uchrashuv yakunida Bredli Barkola hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Natiajada PSG ochkolarini 42 taga yetkazib, peshqadamga aylandi. "Lill" esa 32 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Fransiya chempionati. 18-tur
PSG - Lill - 3:0
Gollar: Dembele, 13 (1:0). Dembele, 64 (2:0). Barkola, 90+3 (3:0)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist