locale OZ

Ligue 1. Monako safarda PSJni ishonchli hisobda mag'lub etdi

Parijliklar peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ligue 1. "Monako" safarda "PSJ"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi
ФОТО: Getty images

Fransiya chempionatining 25-turi doirasida "PSJ" o'z maydonida "Monako" jamoasidan 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuv Parijdagi "Park de Prens" stadionida bo'lib o'tdi.

O'yinning 27-daqiqasida Manes Akliush hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Golovin (55-daqiqada) oradagi farqni oshirdi. 71-daqiqada Bredli Barkola "PSJ"ning javob to'pini kiritgan bo'lsa-da, oradan ikki daqiqa o'tib Folaring Balogun yakuniy hisobni o'rnatdi.

Fransiya Ligue 1. 25-tur
PSJ — "Monako" — 1:3
Gollar: Manes Akliush 27’ (0:1), Aleksandr Golovin 55’ (0:2), Bredli Barkola 71’ (1:2), Folaring Balogun 73’ (1:3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting