locale OZ

Liga Yandex Uzbekistan bilan strategik hamkorlik kelishuvini imzoladi

Endi Superliga va Proliga uchrashuvlari Allplay hamda Kinopoisk platformalari orqali namoyish etiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liga Yandex Uzbekistan bilan strategik hamkorlik kelishuvini imzoladi
Фото: UzPFL

2026-yilning 25-fevral kuni Yandex Uzbekistan hamda O'zbekiston Professional futbol ligasi mamlakat futboli rivoji yo'lida keng qamrovli hamkorlik kelishuvini imzoladi.

Yandex Uzbekistan Proliganing rasmiy titul homiysiga aylanadi. Bundan tashqari, Superligada rasmiy hamkor maqomiga ega bo'ladi. Endi Superliga va Proliga uchrashuvlari Allplay hamda Kinopoisk platformalari orqali namoyish etiladi.

Hamkorlik Yandex ekotizimi xizmatlari va brendlarini futbol media-muhitiga, stadionlar infratuzilmasiga hamda ligalar kommunikasiya formatlariga kompleks integrasiya qilishni nazarda tutadi.

O'yin kunlari muxlislar uchun Yandex Music, Yandex Go, Alisa va boshqa xizmatlar tomonidan maxsus aksiya va tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan, stadionlarda interaktiv tadbirlar yo'lga qo'yiladi, faol foydalanuvchilar va Yandex Go haydovchilari ishtirokida uchrashuvlardan oldin to'pga ramziy zarba marosimlari o'tkaziladi. Shuningdek, yangi film, serial va musiqiy relizlar premerasiga bag'ishlangan maxsus loyihalar ishga tushiriladi.

Undan tashqari, raqamli hamkorlikni kengaytirish, qidiruv tizimida maxsus funksiyalarni joriy etish va shahar xizmatlari bilan qo'shma brend loyihalarini amalga oshirish masalalari ham ko'rib chiqilmoqda.

Hamkorlik doirasida yoshlar futbolini rivojlantirish va futbolga yangi auditoriyani jalb etishga qaratilgan qo'shma tashabbuslarga alohida e'tibor qaratiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting