Liga kubogi. «Siti» «Brentford»ni mag'lub etib yarimfinalga chiqdi, Husonov to'liq o'ynadi
Abduqodir Husonov asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq harakat qildi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" Angliya Liga kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan "Brentford"ga qarshi bahsda g'alaba qozondi - 2:0. O'yin Manchesterdagi "Etihad" stadionida bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida fransiyalik yarim himoyachi Rayan Sherki hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng braziliyalik vinger Savinyo mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
“Shaharliklar” safida O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husonov asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq harakat qildi.
Angliya Liga kubogi. 1/4 final
Manchester Siti — Brentford 2:0
Gollar: Sherki (32), Savinyo (67).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist