locale OZ

Liga Kubogi. «Inter Mayami» penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi, Messi jarohat oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liga Kubogi. "Inter Mayami" penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi, Messi jarohat oldi
Photo: Getty Images

"Inter Mayami" Liga kubogi guruh o‘yinida "Nekaksa"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi (2:2, 5:4 - penalti).

"Inter" safida Telasko Segoviya va 90+2-daqiqada gol urgan Jordi Alba o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bunga meksikaliklar Tomas Badaloni va Rikardo Monrealning aniq zarbalari bilan javob qaytardi. Penaltilar seriyasida "Inter Mayami" aniqroq bo‘ldi - 5:4.

Florida klubi sardori Lionel Messi jarohat oldi va 11-daqiqada zaxiraga olindi.

Ligalari kubogining navbatdagi o‘yinida "Inter Mayami" 7 avgust kuni "Pumas" bilan o‘ynaydi.

Liga kubogi. Guruh bosqichi

“Inter Mayami” 2:2 “Nekaksa” (pen: 5:4)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting