Liga kubogi. «Inter Mayami» Messining dubl evaziga finalga yo‘l oldi
Фото: Getty Images
"Inter Mayami" Ligalar kubogi 1/2 finalida "Orlando Siti" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mehmonlar dastlab birinchi bo‘lim oxirida Mario Pashalichning goli evaziga hisobni ochdi. Uchrashuvning 77-daqiqasida Lionel Messi himoyachi David Brekaloning chetlatilishidan so‘ng belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Uchrashuv yakunida Messi Jordi Albaning uzatmasidan so‘ng dublga erishgan bo‘lsa, Luis Suaresning uzatmasidan so‘ng Telasko Segoviya gol urdi.
Finalda "Inter Mayami" "Los-Anjeles Gelaksi" - "Siatl" uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Liga kubogi. Yarim final
“Inter Mayami” 3:1 “Orlando Siti”
Gollar: Messi 76 pen, 88, Segovich 90+1 – Pashalich 45+1
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist