Liga 1. «PSJ» «Le Man»ni mag‘lub etib, ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Parij jamoasi 5-o‘rinni egallab turibdi.
Фото: Getty Images
Fransiya Liga 1 musobaqasining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «PSJ» o‘z maydonida «Le Man»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Parijliklar safida Beraldo 19-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. Shuningdek, Xvicha Kvaratsxeliya 61-daqiqada, Magnes Akliush esa 68-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mehmonlarning yagona goliga 54-daqiqada Lui Mafuta mualliflik qildi.
Shu tariqa, «PSJ» Fransiya chempionatida ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Parij klubi 11 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Hisobida 6 ochko bo‘lgan «Le Man» esa 12-pog‘onadan joy olgan.
Fransiya chempionati. Liga 1. 6-tur.
«PSJ» — «Le Man» — 3:1
Gollar: Beraldo, 19 — penaltidan (1:0), Mafuta, 54 (1:1), Kvaratsxeliya, 61 (2:1), Akliush, 68 (3:1).