locale OZ

«Lids» Umar Sole nomzodini o'z safiga qo'shmoqchi

"Udinese" rahbariyati Solening transferini taxminan 25 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Lids» Umar Sole nomzodini o'z safiga qo'shmoqchi
ФОТО: Getty images

"Lids" klubi "Udinese" markaziy himoyachisi Umar Sole transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Tutto Mercato xabar berdi.

Manbaga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Daniel Farke 26 yoshli fransiyalik futbolchini "Sassuolo"dan kelishi kutilayotgan Tarik Muharemovichga muqobil emas, balki himoya chizig'ini yanada kuchaytirish maqsadida qo'shimcha variant sifatida ko'rmoqda.

"Udinese" rahbariyati Solening transferini taxminan 25 million yevroga baholamoqda. Shuningdek, ehtimoliy kelishuv amalga oshsa, ushbu mablag'ning ma'lum qismi himoyachining sobiq klubi — Avstriyaning "Zalsburg" jamoasiga ham o'tkaziladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Umar Sole barcha musobaqalarda 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting