«Lids» Mudrykni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Angliyaning “Lids” klubi “Chelsi” vingeri Mixail Mudrykni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
“Lids” rahbariyati jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ukrainalik futbolchini transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan. Klub Mudrykning tezligi va qanotda birga-bir vaziyatlardagi harakatlarini yuqori baholamoqda.
Mudrykning “Chelsi”dagi kelajagi esa hanuz savol ostida. Londonliklar tarkibida o‘zini to‘liq namoyon qila olmagan futbolchi uchun yangi klubga o‘tish varianti mavjud.
Ayni paytda “Lids”ning Mudryk bo‘yicha “Chelsi”ga rasmiy taklif yuborgani yoki muzokaralarni boshlagani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Transfer bozori yopilishiga yaqin vaziyat yanada oydinlashishi mumkin.