locale OZ

Libertadores kubogi. «Flamengo» yarimfinalning dastlabki oʻyinida «Rasing»ni kichik hisobda magʻlub etdi

Tomonlar oʻrtasidagi javob oʻyini 29 oktyabrdan 30 oktyabrga oʻtar kechasi boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Libertadores kubogi. «Flamengo» yarimfinalning dastlabki oʻyinida «Rasing»ni kichik hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

22 oktyabrdan 23 oktyabrga oʻtar kechasi Rio-de-Janeyrodagi «Marakana» stadionida Janubiy Amerikadagi eng nufuzli klublar turniri — Libertadores kubogi yarimfinalining dastlabki uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Braziliyaning «Flamengo» klubi Argentina vakili «Rasing» ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 88-daqiqada kolumbiyalik yarimhimoyachi Xorxe Karraskal» tomonidan kiritildi.

Maʼlumot uchun, tomonlar oʻrtasidagi javob oʻyini 29 oktyabrdan 30 oktyabrga oʻtar kechasi Argentinaning Avelyane shahridagi «Xuan Domingo Peron» stadionida oʻtkaziladi.

Libertadores kubogi. Yarimfinal

«Flamengo» — «Rasing» 1:0

Gol: Karraskal (88).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting