Libertadores Kubogi. «Flamengo» ikki oʻyin natijasiga koʻra «Rasing»ni magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi
Libertadores Kubogi yarimfinalining javob oʻyinida «Rasing» va «Flamengo» oʻzaro to'qnash keldi. Yakunda tomonlar nursiz durangga imzo chekishdi.
Dastlabki bahsda «Flamengo» 1:0 hisobida gʻalaba qozongandi va ikki oʻyin natijasiga koʻra braziliyaliklar finalga yoʻllanma oldi.
Taʼkidlash joiz, javob uchrashuvining 56-daqiqasida mehmonlar tarkibida hujumchi Gonsalo Plata toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Biroq, shunga qaramay, «Rasing» raqib darvozasini ishgʻol qila olmadi va ikki oʻyin natijasiga koʻra magʻlubiyatga uchradi.
Maʼlumot uchun, endi «Flamengo» Libertadores Kubogi finalida «LDU Kito» hamda «Palmeyras» jamoalari oʻrtasidagi juftlik gʻolibi bilan toʻqnash keladi. Jamoalar oʻrtasidagi dastlabki bahs 3:0 hisobida «LDU Kito» foydasiga hal boʻlgandi.