locale OZ

Libertadores Kubogi doirasida o'yin ikki muxlisning o'limiga sabab bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Libertadores Kubogi doirasida o'yin ikki muxlisning o'limiga sabab bo'ldi
FОТО: beIN SPORTS

Libertadores Kubogi doirasida o'tkazilgan “Kolo-Kolo” va “Fortaleza” o'rtasidagi bahs boshlanishidan oldin ikki muxlis vafot etdi. Bu haqda mahalliy prokuratura xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, stadionga kirishga uringan bir guruh muxlislar himoya to'siqlarini buzib tashlashgan. Qurbonlar esa ularning ostida qolib ketgan.

Rasmiylarning ta'kidlashicha, muxlislardan biri voqea joyida, ikkinchisi esa yaqin atrofdagi shifoxonada vafot etgan.

“KONMEBOL “Kolo-Kolo” va “Fortaleza” o'rtasidagi o'yin boshlanishidan oldin ikki muxlisning o'limidan chuqur qayg'uda. Biz ularning oilalari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz”, - deyiladi Janubiy Amerika futbol federatsiyasi bayonotida.

Ma'lumot uchun, “Kolo-Kolo” va “Fortaleza” o'rtasidagi bahs 70-daqiqada 0:0 hisobida to'xtatildi. Bunga javoban esa muxlislar maydonga turli buyumlar uloqtirishib, noroziliklar bildirishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting