locale OZ

Liam Rosinyor — «Chelsi» bosh murabbiyi (Romano)

Mutaxassis shu hafta rasman londonliklar boshqaruviga kelishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liam Rosinyor — «Chelsi» bosh murabbiyi (Romano)
FOTO: Getty Images

Jurnalist va insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Strasburg» bosh murabbiyi Liam Rosinyor Londonning «Chelsi» klubi boshqaruviga keladi.

Manbaga ko‘ra, mutaxassis allaqachon Buyuk Britaniya poytaxtida bo‘lib turibdi. U bilan suhbat yaqin 24 soat ichida rejalashtirilgan va kutilishicha, Rosinyor shu haftaning o‘zidayoq rasman «Chelsi» bosh murabbiyiga aylanadi.

Shu bilan birga, Fransiyaning «Strasburg» klubi mos nomzodni izlash bilan band. Bu jarayon Rosinyorning London jamoasi bilan shartnoma imzolashidan oldingi asosiy bosqich hisoblanadi. Romano ta’kidlashicha, barcha byurokratik masalalar juda tez hal etiladi va «Chelsi» allaqachon «yangi davr»ga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni londonliklar bosh murabbiy Enzo Mareska bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi.

Liam Rosinyor 41 yoshda. Avvalroq u Angliyaning uchinchi va ikkinchi divizionlarida ishtirok etuvchi «Derbi» va «Xall» klublarida ishlagan.

2024 yildan buyon Rosinyor Fransiyaning «Strasburg» jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Ushbu klub amalda «Chelsi»ning farm-klubi hisoblanadi. Joriy mavsumda «Strasburg» Konferensiyalar ligasi guruh bosqichida g‘olib chiqdi va hozirda Liga 1 turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting