locale OZ

Liam Rosenyor iste’foga chiqarilishi mumkin: «Chelsi» rahbariyati natijalardan norozi

41 yoshli mutaxassis agar londonliklar Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmasa, lavozimidan ozod etiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liam Rosenyor iste’foga chiqarilishi mumkin: «Chelsi» rahbariyati natijalardan norozi
FOTO: Getty Images

«Chelsi» klubi rahbariyati bosh murabbiy Liam Rosenyor qo‘l ostida jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin va natijalardan norozi bo‘lmoqda. Agar jamoa kelgusi mavsum uchun Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, angliyalik mutaxassis lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda insayder-jurnalist Nikolo Skira ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Rosenyor joriy yilning 8 yanvar kuni «ko‘klar» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. 41 yoshli mutaxassisning «Chelsi» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Biroq jamoaning so‘nggi natijalari rahbariyatda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda: Rosenyor shogirdlari barcha turnirlar doirasidagi oxirgi to‘rtta uchrashuvda umumiy 2:12 hisobida mag‘lubiyatga uchradilar. Ayni paytda Angliya Premyer-ligasining 31-turidan so‘ng «Chelsi» 48 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining oltinchi pog‘onasini egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting