locale OZ

Liam Rosenior — «Parij» bosh murabbiyi

Tomonlar ikki yillik mehnat shartnomasini imzolashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Liam Rosenior — «Parij» bosh murabbiyi
ФОТО: Getty images

Angliyaning "Chelsi" hamda Fransiyaning "Strasbur" klublarida faoliyat yuritgan Liam Rosenior Fransiyaning "Parij" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.

Tomonlar ikki yillik mehnat shartnomasini imzolashdi.

Rosenior ushbu lavozimda fransuz mutaxassisi Antuan Kombuarening o‘rnini egalladi. Kombuare boshchiligida "Parij" o‘tgan mavsum Liga 1da 11-o‘rinni egallab, elita safidagi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa-da, klub rahbariyati u bilan hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erisha olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Liam Rosenior 2026 yil aprel oyida Angliya Premer-ligasidagi ketma-ket beshta mag‘lubiyatdan so‘ng "Chelsi" bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etilgan edi. Endi u faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting