Liam Delap “Chelsi”ni tark etishi mumkin — unga ikki APL klubi qiziqmoqda
23 yoshli futbolchi ayni paytda asosiy jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazmoqda va uning kelajagi noaniq bo‘lib turibdi.
Foto: Getty Images
“Chelsi” hujumchisi Liam Delap yozgi transfer oynasida London klubini tark etishi mumkin. The Independent ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi ayni paytda asosiy jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazmoqda va uning kelajagi noaniq bo‘lib turibdi.
Delapga “Nottingem Forest” va uning sobiq klubi “Ipsvich Taun” qiziqish bildirmoqda. Ayniqsa, “Ipsvich” hujumchini ortga qaytarish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Klub Delapni o‘tgan yili “Chelsi”ga 30 million funt evaziga sotgan edi.
Futbolchining “Chelsi”dagi mavqei ham pasaygan. Delap 9-raqamli futbolkasini Joau Pedroga topshirgan va Xabi Alonso bosh murabbiy bo‘lganidan keyin hujum chizig‘idagi raqobatda yanada ortda qolgan. O‘tgan mavsumda u APLda atigi bitta gol urgan.
Ma’lumot uchun, Liam Delap hozircha “Chelsi” futbolchisi bo‘lib qolmoqda, biroq klub uning transferiga qarshi emas. Hujumchining kelajagi yozgi transfer oynasi yakuniga qadar hal bo‘lishi kutilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist