Li Kang In «Atletiko»ga o‘tish arafasida
24 yoshli janubiy koreyalik futbolchining ayni paytdagi transfer qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
Madridning «Atletiko» klubi «PSJ» yarim himoyachisi Li Kang In transferini yakunlashga juda yaqin turibdi. Bu haqda mashhur jurnalist va insayder Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar hozirda kelishuvning so‘nggi tafsilotlarini muvofiqlashtirmoqda. «Atletiko» transferni yaqin kunlarda rasmiy tarzda yakunlashni rejalashtirgan.
Transfermarkt bahosiga ko‘ra, 24 yoshli janubiy koreyalik futbolchining ayni paytdagi transfer qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.
Li Kang In 2023 yildan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist