locale OZ

Li Kan In Edan Azarning mundialdagi natijasini takrorladi

Janubiy Koreya terma jamoasi aʼzosi Chexiyaga qarshi oʻyinda 5 ta dribbling amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Li Kan In Edan Azarning mundialdagi natijasini takrorladi
FOTO: Getty Images

Janubiy Koreya terma jamoasi yarimhimoyachisi Li Kan In JCh-2026 «A» guruhi doirasidagi Chexiyaga qarshi uchrashuvda (2:1) 5 ta muvaffaqiyatli aldamchi harakatni amalga oshirdi va raqiblarini oʻziga nisbatan 4 marotaba fol ishlatishga majbur qildi. Shu tariqa, vinger Belgiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Edan Azarning koʻrsatkichini takrorlashga muvaffaq boʻldi. Bu haqda OptaJoe xabar tarqatdi.

Belgiyalik vinger bunday statistikaga JCh-2018 yarimfinali doirasidagi Fransiyaga qarshi oʻyinda (0:1) erishgan edi. Eʼtiborlisi, Qatarda boʻlib oʻtgan soʻnggi Jahon chempionatida birorta ham futbolchi bir uchrashuvda bunday miqdordagi texnik-taktik harakatlarni amalga oshira olmagan.

Ushbu gʻalabadan soʻng Janubiy Koreya 3 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Chexiya hisobida esa ochko mavjud emas va jamoa uchinchi pogʻonani band etgan. Guruhda esa avvalroq JAR ustidan gʻalaba qozongan (2:0) Meksika terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtkazilmoqda. Amaldagi dunyo chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yilgi sayyora birinchiligi finalida Argentina milliy jamoasi Fransiya bilan toʻqnash kelgan edi. Oʻshanda dramatik kechgan oʻyinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar raqibdan ustun kelishgan (4:2).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting