locale OZ

Li Kan In \"Atletiko\"ga o‘tishga yaqin

Xabarlarga ko‘ra, tomonlar shaxsiy shartnoma bo‘yicha deyarli to‘liq kelishuvga erishgan.
Li Kan In "Atletiko"ga o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

PSJ yarim himoyachisi Li Kan In faoliyatini Madridning "Atletiko" klubida davom ettirishga juda yaqin turibdi. Xabarlarga ko‘ra, tomonlar shaxsiy shartnoma bo‘yicha deyarli to‘liq kelishuvga erishgan va futbolchi besh yillik bitim imzolashi kutilmoqda.

Endi klublar transfer summasi bo‘yicha yakuniy tafsilotlarni hal qilishi qolgan. Transfer qiymati 35 million yevro hamda bonuslar bilan 40 million yevrogacha yetishi mumkin.

25 yoshli janubiy koreyalik futbolchi PSJ safida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani sabab yangi jamoaga o‘tishni ma'qul ko‘rmoqda. Diego Simeone esa uning transferini ma'qullagan va Li Kan In yangi mavsumda "Atletiko"ning muhim futbolchilaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting