Leyvin Kurzavaning uyiga o'g'ri tushdi
FOTO: Getty Images
PSJ klubi sobiq futbolchisi, hozirda “Boavista”da to'p surayotgan Leyvin Kurzavaning uyiga o'g'ri tushdi. Bu haqda La Parisien nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, voqea yakshanbadan dushanbaga o'tar kechasi futbolchining Sen-Kludagi uyida sodir bo'lgan. Biroq signalizatsiya tizimi ishlab ketgani bois, jinoyatchi o'z niyatiga yeta olmagan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya ikki gumonlanuvchini topgan. Ulardan biri, 17 yoshli o'smir bog'da qo'lga olingan. Ikkinchisi esa yaqin atrofdagi o'rmon tomon yugurib, qochishga muvaffaq bo'lgan.
Qayd etilishicha, qo'lga olingan o'smir o'z aybiga iqror bo'lgan va uning ishi voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha sudga yuborilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist