\"Leyptsig\" kelgusi mavsumda CHLda ishtirok etmaydi
Photo: Getty Images
Bundesliganing 33-turida "Verder" bilan safarda durang o‘ynaganidan so‘ng (0:0) "Leyptsig" ochkolari sonini 51 taga yetkazib, turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.
Natijada, klub mavsum yakunida Bundesliganing kuchli 4 taligiga kirish imkoniyatini yo‘qotdi va 2019 yildan beri ilk bor kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynamaydi.
"Leyptsig"da hali ham Yevropa ligasida ishtirok etish imkoniyati bor. So‘nggi turda klub o‘z maydonida "Shtutgart"ga qarshi bahs olib boradi.
"Frayburg" 55 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi va ertaga "Borussiya" "Bayer"ga safarda ochko yo‘qotsa, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini kafolatlaydi.