locale OZ

«Leypsig» Diomande bilan shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda

Ayni damda 19 yoshli futbolchiga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Leypsig» Diomande bilan shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda
FOTO: Getty Images

Germaniyaning «RB Leypsig» klubi 19 yoshli qanot hujumchisi Yan Diomande bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Yangi kelishuvga ko‘ra, futbolchini sotib olish bo‘yicha tovon puli miqdori 100 million yevroni tashkil etadi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Insayderning ma’lum qilishicha, «RB Leypsig» ivuarlik futbolchiga nisbatan ortib borayotgan qiziqishlar fonida uni o‘z safida saqlab qolmoqchi. Ayni damda Angliyaning «Liverpul» klubi afrikalik vinger atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Yan Diomande joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda uning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting